Özbekistonning maşhur jamoalaridan biri, Qarşining «Nasaf» klubi haqida xavotirli maqola e'lon qilindi.
«Nasaf» futbol maktabining 2002 yilda tuğilgan tarbiyalanuvçilari ota-onalar kengaşi raisi Norqobilov Baxtiyorning murojaati Sports.uz naşrida çop etildi. Unda Qarşidagi futbol akademiyasi iş faoliyati töxtatilgani, yoş futbolçilar turar joyi yopilgani va oziq-ovqat bilan ta'minlaş töxtatib qöyilgani, tarbiyalanuvçilar esa stadion hududidagi futbol maydonlariga uylaridan qatnab maşğulot ötkazayotganliklari aytilgan.
«2017 yilgi mavsumda ÖFA tomonidan mamlakatning eng yaxşi akademiyasi deb topilgan «Nasaf» futbol maktabi bugun mana şunday qarovsiz ahvolda tursa… Özbek futboli dovruğiga hissa qöşgan Odiljon Hamrobekov, Azizjon Ğaniyev, Şarof Muhitdinov, Bobir Abdiholiqov, Islom Raşidxonov, Doniyor Narzullayev va yana boşqa bir qator iste'dodlarni yetkazib bergan akademiyaning bugungi ahvoliga şunçaki köz yumib bölmaydi.
Şu vaqtga qadar akademiyani klub öz byudjyetidan moliyalaştirib kelgan, ammo yaqin vaqt içida «Nasaf»ning ahvoli ham tang ahvolga kelib qoldi. Klubning örinbosarlari ham umuman ta'minotdan uzilib qolgan, ular istiqomat qilayotgan bazaning faoliyati ham töxtatilgan. Yoşlar ligasida öynaydigan futbolçilar ham akademiya tarbiyalanuvçilari kabi uydan öyinlarga qatnaşmoqda, Qolaversa Superliga 8-turida «Nasaf» safarda OKMK klubiga qarşi öynaydi. Uşbu öyindan bir kun avval ötkazilişi rejalaştirilgan Yoşlar ligasi bahsida «Nasaf» yoşlari klubdagi inqiroz sabab bora olmasliklari ehtimoli katta.
Hattoki, klubning ikkinçi avtobusga yoqilği töldirişga ham qurbi yetmay qolganiga nima deysiz? Klubning asosiy tarkibi esa öyinlarga qarz evaziga borayotgani ham kişini havotirga solmoqda. Bundan körinib turibdiki, boş homiy ham Qaşqadaryoning Superligadagi yagona va boş jamoasini moliyalaştirmay qöygan» - deyiladi maqolada.













