Yer kodeksi va «Fermer xöjaligi töğrisida»gi Qonunga özgartirişlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Birinçidan, fermer xöjaligi yuritiş uçun beriladigan yerlar toifasidan qişloq xöjaligi kooperativlarining (şirkat xöjaliklarining) hamda boşqa qişloq xöjaligi korxonalari, muassasalari va taşkilotlarining, şu jumladan qayta taşkil etilayotgan va tugatilayotganlarining yer uçastkalari çiqarib taşlandi.
 
Mamlakatda past rentabelli va istiqbolsiz qişloq xöjaligi kooperativlarini qayta taşkil etiş jarayoni bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda, ular egallagan yer uçastkalari esa fermer xöjaliklariga berilmoqda. Biroq yaqinda işlab çiqilgan «Qişloq xöjaligida kooperatsiya töğrisida»gi Qonun loyihasi davlat iqtisodiy faoliyatning uşbu şaklini qayta tiklamoqçi ekanligidan dalolat beradi.     
 
Şu tariqa, fermer xöjaliklari yuritiş uçun bundan buyon faqat zaxira yerlar hamda yuridik va jismoniy şaxslarga berilmagan, qişloq xöjaligiga möljallangan yerlar ajratiladi.
 
Ikkinçidan, köp tarmoqli fermer xöjaliklarining faoliyati tartibga solindi. Eslatib ötamiz, 2022 yilda köp tarmoqli faoliyatni özlaştirmagan fermer xöjaliklari bilan yerni ijaraga oliş şartnomalari bekor qilinadi.
 
Ularda qişloq xöjaligi mahsulotini yetiştiriş bilan birga uni qayta işlaş, saqlaş va realizatsiya qiliş, sanoat işlab çiqarişi, işlarni bajariş, xizmatlar körsatiş va taqiqlanmagan boşqa faoliyat bilan şuğullanadilar.
 
Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi köp tarmoqli fermer xöjaliklari reyestrini yuritadi (buning tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi).
 
Köp tarmoqli fermer xöjaligining uçastkasi zaxira yerlarga olib qöyilganda u taşkiliy-huquqiy şaklini özgartiriş orqali qayta taşkil etilişi mumkin.
 
Uçinçidan, yer uçastkalari ölçamlariga va ularni fermerlarga beriş tartibiga tuzatiş kiritildi. Çunonçi, nasldor çorvaçilik fermer xöjaliklariga bir şartli boş çorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toşkent, Farğona va Xorazm viloyatlaridagi suğoriladigan yerlarda kamida 0,5 gektardan hamda boşqa viloyatlar va Qoraqalpoğiston Respublikasidagi suğoriladigan yerlarda 0,6 gektardan ajratiladi.