Rossiyalik YouTube foydalanuvçilari videoxosting faoliyatidagi uzilişlardan şikoyat qilişmoqda. Sayt foydalanuvçilari ma'lumotlariga köra, muammolar 23 aprel kuni ertalabdan boşlangan.
DownDetector resursi ma'lumotlariga köra, Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Çelyabinsk, Volgograd, Qozon, Ijyevsk, Kaluga va boşqa şaharlarda YouTube'da nosozliklar paydo bölganidan dalolat bermoqda. Muammolar xaritasiga köra, YouTube bilan boğliq muammolar faqat Rossiyada yuzaga kelgan. Foydalanuvçilarning ta'kidlaşlariça, Chrome va Opera brauzerlarida saytga kirişda muammolar köproq qayd etilmoqda.
Mazkur muammolar "Roskomnadzor"ning Telegram messenjeriga Rossiyada faoliyat yuritiş imkonini berayotgan IP-manzillarni ommaviy bloklaşi bilan boğliqmi yoki yöq, noma'lum.
22 aprel kuni "Roskomnadzor" YouTube'ga egalik qiluvçi Google kompaniyasining qator IP-manzillarini taqiqlangan ma'lumotlar reyestriga kiritişi haqida ma'lum qilgan edi. Idoraga köra, Google sud qaroriga zid ravişda Rossiyada Telegram messenjeriga kiriş imkonini taqdim etmoqda.













