Özbekiston Respublikasi prezidenti davlat maslahatçisi Tursinxon Xudoyberganov favqulodda vaziyatlar vaziri vazifasini ham bajaradi.

Vazirlik vakilining «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, Xudoyberganovga vazirlik vazifasi yuklatilgan, ya'ni, u davlat maslahatçisi lavozimini tark etmagan holda, vaqtinça vazir vazifasini bajaruvçi bölgan.

Şuningdek, general-mayor Abdulla Qöldoşev favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari etib tayinlangan. U biroz avvalroq lavozimdan olingan polkovnik Komiljon Aripov örnini egalladi.

Tursinxon Xudoyberganov 2010-2016 yillarda ham aynan şu lavozimda işlagan, 2017 yilning yanvarida prezident maslahatçisi lavozimiga tayinlangandi. Öşanda uning örniga Rustam Mirzayeviç Jörayev Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri bölgandi. 2018 yilning fevralida Rustam Jörayev Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi.