Köksaroydagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolaş marosimi bölib ötdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Qöşma bayonotni imzolaşgan.
Hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, savdo uylari oçiş, işbilarmonlar kengaşi taşkil etiş böyiça, şuningdek, transport, tranzit, qişloq xöjaligi, fan-texnika, kasaba uyuşmalari, sport va boşqa sohalarga doir 17ta hujjat imzolandi.
Bundan taşqari, taşrif doirasida oliy öquv yurtlari örtasida va axborot-kommunikatsiya sohalarida 15ta hujjat qabul qilindi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşuvda Prezidentlar muzokaralar, odatdagidek, oçiq va samimiy, işçanlik ruhida ötganini, erişilgan kelişuvlardan xursandligini ta'kidlaşdi.

«2017 yil Özbekiston va Turkmaniston munosabatlarida tarixiy yil böldi. Hozirgi kunda hamma kelişuvlarimiz töla amalga oşirilyapti. Bugungi uçraşuvimiz ham juda samarali böldi. Mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni çuqur, har tomonlama muhokama qildik. Şuni alohida ta'kidlamoqçimanki, bu borada hal etilmagan masalalar qolmadi. Barça yönalişlar böyiça özaro anglaşuvga erişdik. Şu asosda mamlakatlarimiz örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini belgilab oldik. Biz nimaiki qilayotgan bölsak, xalqlarimiz uçun, bolalarimizning kelajagi uçun, dedi Şavkat Mirziyoyev.
















