O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 24 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9,09 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 8068 so‘mu 17 tiyinga teng bo‘lib turibdi.
Yevro kursi esa 60,43 so‘mga tushib, 9899,64 so‘mni tashkil qilgan.
1 Rossiya rubli kursi 3,83 so‘mga ko‘tarilib, 131,84 so‘mga yetgan.
Fevral oyi boshida 8200 so‘mga yaqinlashgan dollar kursi keyingi haftalar davomida uzluksiz arzonlab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.
Mavzuga oid
21:14 / 11.11.2022
Dollarning rasmiy kursi 11200 so‘mdan oshdi
17:01 / 19.05.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 100 so‘mdan pastga tushdi
16:50 / 06.04.2022
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi kun pasaydi
16:18 / 16.03.2022