«Barselona» rahbariyati boş murabbiy Ernesto Valverdega örinbosar izlaş işlarini boşlab yubordi.

Football.fr xabariga köra, 54 yoşli mutaxassis Çempionlar Ligasidagi inqiroz tufayli, yozda jamoani tark etadi. Uning örnini «Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte egallaşi mumkin. Öz navbatida, italiyalik mutaxassisning Londonda omadi çopmayapti va u yozda iste'foga çiqariladi.

Eslatib ötamiz, Valverde ötgan yili yozda «Barselona»ga boş murabbiy qilib tayinlangan edi. Jamoa uning qöl ostida Ispaniyada oltin dubl qayd etişga yaqin turibdi.