Ötgan hafta oxirida Parlemo sudi tomonidan Italiya hukumati va mafiya örtasidagi kelişuv böyiça çiqarilgan hukm mamlakat hukumatini şakllantirişga doir muzokaralarga ta'sir qilişi mumkin. Qamoq jazosiga hukm qilinganlar orasida mafiya bilan aloqadorlikda ayblangan sobiq senator Marçelo Del Utri ham bor. U doim sobiq boş vazir Silvio Berluskonining öng qöli hisoblangan - ayni damda esa Berluskonining "Italiya, olğa" partiyasi yangidan şakllanayotgan koalitsiyada katta rolga da'vogarlik qilmoqda. 

4 mart kuni Italiyada saylovlar bölib ötdi, biroq hukumat hanuz şakllanganiça yöq. Ikki raund maslahatlaşuvlar aniq natijalarga olib kelmadi. Ötgan hafta Italiya prezidenti Serjo Mattarella Senat raisi Mariya Elizabet Alberti Kazelattiga kolitsiyani şakllantiriş va unga "5 yulduz" harakati", Matteo Salvinining "Liga", Silvio Berluskonining "Italiya, olğa" va Jorji Melonining "Italiya birodarlari" partiyalarini kiritiş vazifasini topşirdi. 

Senat raisi tört marotaba (1994-1995, 2001-2005, 2005-2006, 2008-2011 yillarda) Italiya boş vaziri lavozimini egallagan Silvio Berluskoni partiyasiga kiradi. Ta'kidlaş joizki, Berluskonining özi sudlanganligi munosabati bilan boş vazir lavozimini egallay olmaydi. Biroq uning koalitsiyadagi iştirokining öziyoq salohiyatli hamkorlar e'tiroziga sabab bölmoqda. Palermo sudi qaroridan keyin vaziyat yanada murakkablaşişi mumkin. Duşanba kuni paydo bölgan Mariya Elizabetning sa'y-harakatlari tanazzulga uçraganiga doir xabar buning ilk tasdiği böldi. Natijada keçqurun prezident Mattarella hukumatni şakllantirişga doir muzokaralar olib boriş vazifasini parlament quyi palatasining raisi, "5 yulduz" harakati" vakili Roberto Fikoga topşirdi.

Ötgan juma kuni hukm öqildi: ötgan asrning 90-yillarida mafiya bilan davlat örtasida kelişuv bölgan. Şu munosabat bilan sud mafiya rahbarlari bilan birga öşa yillarda uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşuvçi maxsus bölimlarni boşqargan sobiq generallarni - sobiq janubiy hududlardagi favqulodda vaziyatlar vaziri Kalojyero Mannino, şuningdek janob Berluskonining yaqin hamkori - sobiq senator Marçello Del Utrini ham uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qildi. 

2013 yilda boşlangan sud jarayoni ança şov-şuvlarga sabab böldi. Sudlanuvçilar qatorida mafiya bosslari bilan bir qatorda közga köringan siyosatçi va amaldorlar ham paydo bölişdi. Natijada ötgan vaqt davomida 220 eşituv işi ötkazilib, 200 nafar guvoh söroq qilindi. Öşa paytlar Italiya prezidenti lavozimini egallagan Jorjo Napolitano ham körsatma berişdan boş tortmadi. U 1992-1993 yillarda mafiya tomonidan uyuştirilgan portlaşlar hukumat tomonidan "şantaj yoki köproq davlat tizimini beqarorlaştiriş maqsadida bosim ötkaziş" deya baholanganini tan oldi.