Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) matbuot xizmatining xabar berişiça, Germaniya 2024 yilgi Yevropa çempionatini ötkaziş uçun murojaat yubordi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

«Biz ideal taşkil etilgan musobaqani ötkaziş uçun ajoyib konsepsiyani taqdim etdik, u UYeFAga Yevropada futbolni rivojlantiriş imkonini beradi.

Yevropa yuragida taşkil etiladigan 2024 yilgi çempionat barça jamoalarga öz işqibozlaridan maksimal qöllab-quvvatlov oliş imkonini yaratadi. Şu bilan birga, biz turli millatdagi insonlar örtasida köpriklar qurmoqdamiz va futbol hamda zamonaviy fuqarolik jamiyati qadriyatlarini tiklaşga muhim hissa qöşmoqdamiz», - deya ta'kidlab ötdi Germaniya futbol ittifoqi rahbari Raynxard Grindel.

Ta'kidlanişiça, murojaatlarni qabul qiliş 27 aprel kuni yakunlanadi. UYeFA qarorgohiga şu haftada Turkiya delegatsiyasi ham taşrif buyurib, murojaat taqdim etadi.