Urganç tumanining Ğoybu qişloğida turkman millatiga mansub yurtdoşlarimiz istiqomat qiladi. Ularning öz ona tilida ta'lim olişi, urf-odatlari va an'analarini rivojlantiriş uçun barça şaroit yaratilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan bu yerda Özbek-turkman döstlik uyi bunyod etildi.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taşrifi asnosida uşbu ma'naviyat maskanining oçiliş marosimi böldi.
Davlat rahbarlari dastlab bu yerda örnatilgan Maxtumquli Firoğiy byustini oçdi, uning poyiga gullar qöydi.
Şavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Özbek-turkman döstlik uyida yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi. Uşbu majmua qadimiy va zamonaviy me'morlik an'analari asosida bunyod etilgan. Özbek va turkman xalqlarining köp asrlik aloqalarini aks ettiruvçi muzey, ikki mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona taşkil qilingan. Tadbirlar ötkaziş uçun katta zal, turli fan va san'at tögaraklari uçun xonalar barpo etilgan.








Özbek-turkman döstlik uyi, turkman millatiga mansub yurtdoşlarimiz uçun yaratilgan imkoniyatlar turkmanistonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.











