Bir vaqtlar Toşkentdagi “Istiqlol” san'at saroyi maydonida qad kötarib turgan Şomahmudovlar oilasi haykali yana şu maydonga qaytariladi. Bu haqda Toşkent şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda. 

“Ikkinçi Jahon uruşi yillarida turli millatlarga mansub bölgan 15 nafar bolani öz qanotiga olgan Şoahmat va Bahri Şomahmudovlar oilasi haqida Rahmat Fayziyevning «Yego veliçestvo Çelovek» romani asosida kinorejissyor Şuhrat Abbosovning «Sen yetim emassan» kinofilmi tasvirga olingan va bu film hanuzgaça turli xalqlar orasida sevib tomoşa qilinadi. Asrab olingan bolalar orasida rus, belarus, moldavan, yahudiy, latiş, tatar, qozoq millatlariga mansub bolalar bölgan”, - deyiladi xabarda.

Şu munosabat bilan 2018 yilning 23 aprel kunidan “Istiqlol” san'at saroyi maydonida rekonstruksiya işlari boşlab yuborilgan. Tez kunlarda Şomahmudovlar oilasi jamlangan haykal uşbu maydonda qad kötaradi.

“Xalqlar Döstligi siymosi hisoblangan uşbu haykal Toşkent şahrining körkiga-körk qöşib yanada çiroyini oçadi. Poytaxtimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini birdamlikka, döstlikka va bir oila bölib yaşaşga da'vat qiladi”, - deyilgan xabarda. 

Eslatib ötamiz, haykal öz vaqtida M-39 «Toşkent-Termiz» avtoyölining Toşkent şahriga kiraveriş qismiga köçirilgandi. Ötgan yili esa u yerdan olinib, Döstlik boğiga (sobiq Bobur parki) örnatilgandi.