Özbekiston va Rossiya örtasidagi tovar aylanmasi 2018 yilning yanvar-fevral oylarida 50,2 foiz ösib, qariyb 600 million AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu haqida “Expo-Russia Uzbekistan-2018” xalqaro körgazmasining oçilişiga bağişlab ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Öz navbatida, Rossiyaning mamlakatga kiritgan investitsiyasi hajmi 8,5 milliard dollardan oşib ketdi.
Rossiyaning Özbekistondagi savdo vakili örinbosari Leonid Pokrovskiyning aytişiça, soliq, bojxona va valyutaga oid qonunçilikning liberallaştirilişi, şuningdek, mintaqaviy darajada savdo-iqtisodiy hamkorlikning optimallaştirilişi özaro savdo-sotiqning bunday şiddatli rivoj olişida ijobiy omillarga aylandi.
Eslatib ötamiz, şu haftada Toşkent mezbonlik qilayotgan yuqoridagi xalqaro körgazmada Özbekiston, Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlaridan energetika, maşinasozlik, metallurgiya, quriliş, transport, telekommunikatsiya va aloqa, kimyo sanoati, agrosanoat kompleksi, xalq iste'moli mollari kabi tarmoqlarda faoliyat yuritadigan 200dan ortiq kompaniya iştirok etyapti.











