Yer – strategik zaxira va davlatga tegişli bölişi kerak. Uşbu fikr Özbekistonda yuz yildan buyon hukmronlik qilib keladi. Biroq bozor iqtisodiyoti xususiy mulksiz rivojlana olmaydi. Uni yerga joriy etiş vaqti kelmadimikan – Norma şarhida şu masala haqida söz yuritilgan.

Konstitutsiyaning 55-moddasida aytilişiça: yer hamda boşqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Fuqarolik kodeksining 214-moddasi, «Özbekiston Respublikasida mulkçilik töğrisida»gi Qonunning 19-moddasiga muvofiq yer respublika mulkiga kiradi. Lekin hammasi emas.

XX asrning 90-yillari örtasida savdo va xizmat körsatiş sohasi obektlari ular joylaşgan yer uçastkalari bilan birga xususiylaştirildi. Bu quyidagilarga muvofiq amalga oşirildi:

• «Yer töğrisida»gi Qonunga (öz kuçini yöqotgan);
• Vazirlar Mahkamasining 11.04.1995 yildagi «Savdo va xizmat körsatiş sohasi obektlarini ular joylaşgan yer maydonlari bilan birgalikda hamda yer maydonlarini meros qilib qoldiriş şarti bilan umrbod egalik qiliş uçun xususiy mulk sifatida sotiş tartibi töğrisida»gi 126-son qaroriga.
 Natijada keyinroq qabul qilingan Yer kodeksida (18-moddasi) uşbu xususiylaştirişda qatnaşgan yuridik va jismoniy şaxslarning yer uçastkalariga bölgan mulk huquqi aks ettirildi. Bundan taşqari, quyidagilar mulk huquqini olişlari mumkin:
 • diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglaştirilgan, Özbekistonda akkreditatsiya qilingan taşkilotlar – ularga özlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, şu jumladan vakolatxona boşliğining qarorgohi ular joylaşgan yer uçastkalari bilan birga, şuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini quriş uçun yer uçastkalari realizatsiya qilinganda;
 • diplomatiya korpusi xodimlari, Özbekistonda akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari, firmalar, kompaniyalar va xalqaro taşkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlari, çet el investitsiyasi iştirokidagi korxonalarda doimiy asosda işlovçi çet ellik şaxslar, şuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvçi va yaşaş uçun guvohnomasi bölgan şaxslar – ularga uy-joy binolari şu binolar joylaşgan yer uçastkalari bilan birga realizatsiya qilinganda.

Körsatilgan hollar – kam uçraydigan istisnoli hollar. Aksariyat yuridik va jismoniy şaxslarga yerga xususiy tartibda egalik qilişga ruxsat berilmaydi. Buning örniga quyidagilar amal qiladi:

 • meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiliş huquqi – faqat Özbekiston fuqarolariga dehqon xöjaligi yuritiş, yakka tartibda uy-joy quriş (yakka tartibdagi turar joy), jamoa boğdorçiligi va uzumçiligi yuritiş uçun (dalahovliga) yer beriladi;