O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining maslahatchisi, general-polkovnik Zokirjon Almatov Buxoro va Navoiy viloyatlariga tashrif buyurdi.

 Zokirjon Almatov ikki kunlik tashrifi davomida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning joylardagi quyi tuzilmalari tomonidan viloyat hududida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta'minlash, jinoyatlarning oldini olish borasida boshqa mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tashrifning ilk kunida dastlab mehmonlar Bahouddin Naqshband ziyoratgohida bo‘lishib, bu muborak qadamjoda qur'on tilovat qildilar. Shundan so‘ng, Buxoro viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasining ushbu majmuada tashkil etilgan bo‘linmasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Zokirjon Almatov hamda mas'ul xodimlar tashrif davomida Kogon tumani B.Naqshband mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat ko‘rsatayotgan profilaktika inspektori katta leytenant Vafo Choraqulovga berilgan xizmat uyida ham bo‘ldilar.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV

Shu kunning o‘zida Buxoro shahridagi muhtasham Musiqali va Drama teatrida viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar, uzoq yillar ichki ishlar organlarida xizmat qilib nafaqaga chiqqan faxriylar, viloyat faollari, yoshlar, shuningdek, mahalliy hokimliklar vakillari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvda mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, jinoyat va huqubuzarliklarning oldini olishda o‘zaro hamjihatlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek, Zokirjon Almatov uzoq yillik yuksak bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV
Foto: O‘zbekiston Respublikasi IIV