IŞID terrorçi guruhi 3 milliard yevro miqdoridagi kapitalga ega bölişi mumkin. Fransiyaning Europe 1 radiostansiyasi mamlakat hukumati tomonidan taşkil etilgan, 25-26 aprel kunlari Parijda ötkazilayotgan terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşga bağişlangan anjuman arafasida şu haqida xabar berdi.
Radiostansiya asoslanuvçi Ğarb maxsus xizmatlari ma'lumotlariga köra, pullar uç yil davomida Iroq şimoli va Suriyadagi noqonuniy bosib olingan yerlar va neftning noqonuniy savdosi hisobiga töplangan. Xususan, manbada ta'kidlanişiça, terrorçilarga qaraşli hududlarda muayyan bosqiçda Iroq qişloq xöjalik don mahsulotlarining 40 foizi va Suriya paxtasining 80 foizi yetiştirilgan. Şuningdek terrorçilar nasroniylar, şialar va yozidlarning şaxsiy mulkini musodara qiliş bilan ham şuğullanişgan.












