Adliya vazirligi Kapital harakati bilan boğliq ayrim valuta operatsiyalarini amalga oşiriş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlarni röyxatdan ötkazdi.
Hujjatga köra:
1. Özbekiston fuqarolarining çet eldagi investitsiya faoliyati uçun 1 kalendar yil davomidagi limitlar amaldagi 10 ming $ örniga quyidagiça oşirilmoqda:
a) çet eldagi korxonalarining ustav kapitalini şakllantiriş (uluşli iştirok etiş) va çet elda filiallar, vakolatxonalar va savdo uylari faoliyatini taşkil etişga:
200 ming $ gaça, davlat uluşi mavjud bölmagan korxonalar uçun;
100 ming $ gaça, davlat uluşi mavjud bölgan korxonalar uçun;
b) çet eldagi filial va vakolatxonalarini aylanma mablağlar bilan töldirişga:
100 ming $ gaça, davlat uluşi mavjud bölmagan korxonalar uçun;
50 ming $ gaça, davlat uluşi mavjud bölgan korxonalar uçun;
d) çet eldagi korxonalarining ustav kapitalini şakllantiriş yoki uluşli iştirok etişga – 10 ming $ gaça, jismoniy şaxslar uçun.
2. Banklar tomonidan kapital harakati operatsiyalari böyiça qoğoz jurnal hamda hujjatlarning nusxalari tikilgan yiğmajildlar yuritiş talabi bekor qilindi.
Bunda, jarayonni raqamlaştiriş orqali uşbu operatsiyalarni röyxatga oliş Markaziy bankning FERUz axborot tizimi orqali amalga oşirilişi belgilandi.
3. Kapital harakati operatsiyalari hisobini yuritiş raqamlaştirilgani munosabati bilan uşbu operatsiyalarni faqat asosiy hisobvaraq oçilgan bank orqali amalga oşiriş talabi bekor qilindi.
4. Endi tadbirkorlik sub’yektlari kapital harakati operatsiyalarini ikkilamçi hisobvaraqlar orqali ham amalga oşirişi mumkin.

















