Turkmaniston prezidentining yurtimizda kutib olinişi ijtimoiy tarmoqlarda va milliy veb-saytlarda qizğin muhokama qilinmoqda. Kimdir oqlayapti, yana kimdir tanqid qilmoqda. Xöş, özi nimaga bunday böldi?
Birinçidan, hammasi hukumat darajasida bajarilgan. Davlat aralaşmagan joy qolmadi. Vazirlar mahkamasi – tegişli ta'lim vazirliklari – ta'lim muassasalari – rektorat – dekanat - TALABA. Va mana natija:

Birinçidan, bu narsa qonuniy emas. Fikrimizça, ta'lim sohasi vazirliklari bu kunni «dam oliş kuni» deb e'lon qilib, ayrim ta'lim muassasalariga bir-ikki kunga ruxsat berişi qiyin iş emasdi. Nahotki şunday buyruq çiqariş qiyin bölsa?
Masalan, (balkim misol qöpolroqdir, biroq biz harakat qildik) tubandagidek buyruq çiqariş mumkin edi:
Buyruq №123
Turkmaniston prezidentining taşrifi munosabati bilan hamda diplomatik va döstona aloqalarni mustahkamlaş maqsadida 1, 2, 3, 4 va 5-ta'lim muassasalariga **-** aprel kunlari Turkmaniston prezidentini kutib olişga ruxsat berilsin.
Qayd etib ötilsinki, şu kunlari nomlari körsatib ötilgan ta'lim muassalari talabalari darslardan ozod etilsin. Qoldirilgan darslar qöşimça soatlar hisobiga töldirilişi belgilab qöyilsin.
Va h.k. va ş.k.
Vazir A.B.V
Imzo. Sana.
Qiş allaqaçon tugadi, ayiqlar ham allaqaçon qiş uyqusidan uyğonib bölişgan. Yoşlar taşkilotlari qaçon uyğonişadi? Özbekiston Yoşlar ittifoqi, uyğoninglar axir, taşqarida allaqaçon aprel.
Nahotki ta'lim muassalari bilan hamkorlikda #meetthepresident yoki #friendshipturkmenistan heşteglari ostida kutib oliş marosimini taşkillaştiriş şu qadar qiyin bölsa? Trassa böylab çiroyli kutib oliş marosimini taşkillaştiriş mumkin edi.
Taşkilot rasmiy veb saytining rus tilidagi versiyasini oçamiz. Sönggi yangilik:













