Aniqlanişiça, nafaqat odamlar, balki ördaklar orasida ham yöllarda tezlikni oşirişni xuş köruvçilar bor ekan. Şunday qoidabuzar ördaklar Bern şahridagi yöl kamerasi tomonidan qayd qilingan.

Şveytsariya politsiyasining ma'lum qilişiça, yöldagi kamera uç kun içida ikki marta yölning bir qismida tezlik oşirilganini qayd qilgan. Aniqlanişiça, qoidani ördaklar buzgan. Quş belgilangan 30 km/soat örniga kamera ostidan 52 km/soat tezlik bilan uçib ötgan, ya'ni belgilangan me'yordan 22 km/soat tezroq harakatlangan.

3 kundan keyin öşa kamera yana bir tezlik oşirilişi qoidabuzarligini qayd qilgan. Qoidabuzar yana ördak bölib çiqqan.
Politsiya jinoyat bir ördak tomondan sodir etilgani, yoki “qoidabuzarlar” boşqa-boşqa ördaklar bölganini aniqlay olmayotganini aytgan.

Ördakning (yoki ördaklarning) omadi kelgan ekan, ular jarima tölamaydilar. Agar uning örnida haydovçi bölganda mömaygina jarima tölaşiga töğri kelardi va bir oyga haydovçilik guvohnomasidan mahrum bölardi.












