“Biz doimo yirtqiç hayvonlarga tirik hayvonlarni berib boramiz. Ya’ni ularning ov qiliş instinkti yöqolmasligi uçun. Ularga quyon, ördak, dengiz çöçqasi va boşqa hayvonlarni beramiz. Qattiq sovuq arafasida urğoçi qoplonga ikkita ördak bergandik. Ularning birini yeb, ikkinçisini yemadi. Biz sovuq kelyapti va zaxirasiga olib qöydi deb öyladik. Eng qiziği, undan keyin yana quyon va ördaklarni berganimizda ularni yedi. Mana 20 kundirki, urğoçi qoplon va ördagimiz birga yaşab kelmoqda”, deydi boğning yirtqiçlar bölimi boşliği Nodir Bahromov.

Nodir Bahromov, Toşkent hayvonot boği xodimi Foto: Kun.uz

Erkak va urğoçi qoplon boşqa-boşqa volerlarga joylaştirilgan. Volerlar tösinlar va yoğoç taxtalar bilan jihozlangan, u yerga tuproq sifatida qum yoyilgan.

Volerning içki xonasi somon bilan issiq qilingan, jonivorlarning öyinlari uçun yirik quşlarning patlari töldirilgan töp va öyinçoqlar mavjud. Panteralar ularni juda yaxşi körişadi.

Qora qoplon Foto: Kun.uz

Yirtqiçlar mol, tirik quyon va parrandalar, sut hamda tuxum berib boqilmoqda. Boğga taşrif buyuruvçilar uşbu jonivorlarning terisi rasmlarda yoki televizorda köringani kabi mukammal qora emasligiga guvoh bölişadi. Diqqat bilan qaralsa, unda doğlarni payqaş mumkin.

Ördak Foto: Kun.uz
Qora qoplon va ördak Foto: Kun.uz

Qora qoplonlar jussasi kiçikroq bölişiga qaramasdan şer, yölbarslarga qaraganda xavfliroq. Çunki ular faol va harakatçan. Siz ham ularni jonli tomoşa qilişingiz mumkin. Anomal sovuq kuzatilgan kunlarda yopilgan Toşkent hayvonot boği eşiklari ayni paytda taşrif buyuruvçilar uçun oçilgan.