Bözsuv kanalining Çilonzor tumanidan oqib ötuvçi qismida noqonuniy ördak ovlaganlar uşlandi. Bu haqda Ekologiya qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Davlat ekologiya qömitasiga Bözsuv kanalining Çilonzor tumanidan oqib ötgan qismida ördaklar ovlanayotgani böyiça murojaat kelib tuşdi.

Murojaatga asosan Davlat ekologiya qömitasi, Toşkent şahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi va Ekopatrul xodimlari aytilgan manzilga tezkorlik bilan yetib borişdi.

Örganiş davomida murojaat öz tasdiğini topdi, ya’ni fuqaro X.F. öziga tegişli bölgan ov quroli bilan bir boş ördak ovlagani va Özbekiston Respublikasining “Ov qiliş va ovçilik xöjaliklari töğrisida”gi Qonuni talablarini buzgani aniqlandi. Xususan, uşbu qonunning 9-moddasiga muvofiq aholi punktlarining yerlari va şaharlar atrofidagi yaşil zonalar ov qiliş joylari hisoblanmaydi.

Aniqlangan holat yuzasidan uşbu fuqaroga nisbatan Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 90-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Ov quroli böyiça dalolatnoma tuzilib, Toşkent şahar IIBga topşirildi”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, voqeaga guvoh bölganlar fuqaro X.F. bilan birgalikda uning şeriklari ham bölgani, ular ham önga yaqin ördak ovlaşgani ammo voqea joyini tark etişga ulgurganini ma’lum qilgan. Şunga asosan ayni vaqtda qöşimça suriştiruv işlari ham olib borilmoqda.