Şveytsariyaning Kenits komunnasida yöl kamerasi tezlikni oşirgan ördakni suratga oldi. Bu mazkur hududdagi birinçi holat emas, deb xabar beradi Berner Zeitung.
Qayd etilişiça, «qoidabuzar» ördak surati mahalliy hukumat tomonidan e’lon qilingan. Kamera örnatilgan joydan ördak soatiga 52 kilometr tezlikda uçib ötgan — uşbu hududda harakat tezligi soatiga 30 kilometrgaça çeklangan.
Amaldorlarning ma’lum qilişiça, ördak «retsidivist» bölişi mumkin, çunki şunga öxşaş ördak bundan yetti yil oldin ham uşbu kamera obektiviga muhrlangan. U ham xuddi şu tezlikda uçib ötgan.
Mahalliy aholi suratni feyk hisoblab, rasmiylar bu orqali hazillaşayotganini bildirgan. Ammo politsiyaning ta’kidlaşiça, radar tizimidagi suratlarni özgartirib bölmaydi, çunki barça kameralar har yili Şveytsariya metrologiya instituti tomonidan tekşiruvdan ötkaziladi.

















