Suriya böyiça donorlik anjumani iştirokçilari 4,4 mlrd dollar yiğişdi. Bu haqda 25 aprelda gumanitar yordam va inqiroziy boşqaruv masalalari böyiça yevrokomissar Xristos Stilianidis ma'lum qildi.
“Delegatsiyalar joriy yilda 4,4 mlrd dollar ajratişganini e'lon qilişdan xursandman”, deb ma'lum qilgan Stilianidis.
Yevrokomissarning aytişiça, 85 ta davlat delegatsiyasi va taşkilotlari Suriya uçun 2019 yilda 3,4 mlrd dollar ajratişga va'da berişgan. Bundan taşqari, Yevropa ittifoqi yaqin ikki yilda Turkiyadagi suriyalik qoçqinlar uçun qöşimça 3 mlrd dollar ajratadi.
BMT boş kotibining örinbosari Mark Loukokning jurnalistlarga ma'lum qilişiça, eng katta tölovlarni Yevropa ittifoqi, Germaniya va Buyuk Britaniya amalga oşirgan. Biroq anjuman taşkilotçilari – YeI va BMT dastlab möljallagan mablağni yiğa olmagan: anjumandan avval joriy yilda ham 2017 yildagi kabi 6 mlrd dollardan kam bölmagan mablağ yiğilişiga umid qilinayotgani aytilgandi.












