Joriy yilning 25-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida ayol-qizlar o‘rtasida «O‘zbekiston Qur'on musobaqasi-2018»ning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina ayol-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqaning taqdirlash marosimi o‘z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Azon.uz xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, oliy o‘rin sohibasi deb Toshkent Islom instituti talabasi Najmiddinova Robiya deb topildi.

Shuningdek, ayol-qizlar o‘rtasida 18-25 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin: Najmiddinova Nozima (Qashqadaryo viloyati)
2-o‘rin: Abdulahadova Muqaddam (Namangan viloyati)
3-o‘rin: Mirzayeva Mubinaxon (Andijon viloyati)
26-40 yosh bo‘yicha tilovat yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin: Akramova Ominaxon (Farg‘ona viloyati)
2-o‘rin: Mo‘minova Mo‘'tabar (Andijon viloyati)
3-o‘rin: Allayeva Shoxistaxon (Sirdaryo viloyati)

18-25 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin: Abduhakimova Dilbar (Toshkent shahri)
2-o‘rin: Mo‘ydinova Mubinabonu (Farg‘ona viloyati)
3-o‘rin: Jumanova Guljahon (Andijon viloyati)
26-40 yosh bo‘yicha hifz yo‘nalishi g‘oliblari:
1-o‘rin: Zoirova Nafisa (Samarqand viloyati)
2-o‘rin: Abdukarimova Nigora (Toshkent shahri)
3-o‘rin: Masadiqova O‘g‘iloy (Toshkent viloyati)

















