14:39 / 28.04.2018
59257

Qur'on musobaqasining mutlaq g‘olibi o‘zi yutgan avtomobilni ustoziga sovg‘a qildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Qur'on musobaqasining Oliy o‘rin sohibi qoraqalpog‘istonlik Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov g‘olib sifatida qo‘lga kiritgan “Jyentra” rusumli avtomashinani o‘z ustoziga sovg‘a qildi.

Ma'lumot o‘rnida: Yo‘ldoshbek qori Nuriddinov mashina bilan birga ota-onasi bilan “Umra” safariga borish imkoniyatini ham qo‘lga kiritgan edi.

Foto: azon.uz

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Yo‘ldoshbek qori musobaqada hifz yo‘nalishi bo‘yicha qatnashgan.

Mavzuga oid
Top