La-Korunyaning «Deportivo» klubi «Barselona» uçun çempionlik yölagini taşkil qilişga qaror qildi.
Ma'lumki, ötgan şanba kuni kataloniyaliklar Ispaniya Kubogida ğalaba qozongan edi. Şu tufayli, galisiyaliklar Ispaniyadagi an'anaga asosan, raqibga şu tarzda hurmat bajo keltirişga qaror qilişdi.
Eslatib ötamiz, «Deportivo»ga qarşi öyinda «Barselona» muddatidan oldin çempion bölişi mumkin.
Avvalroq, «Real» 6 may kuni ötkaziladigan El Klasikoda kataloniyaliklarga çempionlik yölagini taşkil qilmasligini aytgan edi.












