«Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourinoning ma'lum qilişiça, «Çelsi» rahbariyati yarim himoyaçi Muhammad Salohni «Roma»ga qöyib yuboriş haqidagi qarorni mustaqil ravişda qabul qilgan.

«Bu men haqimda gapirişayotgan yana bir yolğon narsa. Odamlar men Salohni qöyib yuborganim haqida gapirmoqda, biroq hammasi aksinça – men uni sotib olgandim. Men «Çelsi»ga Salohni sotib oliş haqida gapirgan inson edim.

Muhammad «Çelsi»ga kelganida, u hali bola edi. U na jismonan, na ruhan tayyor emasdi. U ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan özini yöqotib qöygandek his etgan, unga juda qiyin bölgan. Biz uni ijaraga berişga qaror qildik, u ham bu haqda söragandi. Saloh tajriba orttiriş uçun maydonda köproq harakat qilişni xohlagandi. Biz uni «Fiorentina»ga yubordik, hamda u öşa yerda kuçli futbolçiga aylana boşladi.

Aynan «Çelsi» uni qöyib yuborişga qaror qildi. Kimdir men Salohni qöyib yuborganlardan biri bölganim haqida gapirayotgan bölsa, u yolğon sözlamoqda. Men uni xarid qildim va ijaraga berdim, sababi bu kerakli narsa edi. Men «Çelsi»da vingerlar yetarli, degan fikrda edim. Ulardan ba'zilari hamon öşa yerda öynamoqda, masalan Villian va Azar. Öşanda ular umuman boşqa darajada edi.

Salohni ijaraga beriş haqidagi qaror jamoaviy bölgan. Biroq, uni qöyib yuboriş va olingan pullarni boşqa futbolçini xarid qiliş uçun sarflaş haqidagi qaror meniki emasdi. Hattoki öşa qaror mendan çiqqanda ham, biz futbolda doimiy ravişda xatoga yöl qöyamiz. Juda köp paytlarda öyinçilar heç kim kutmagan darajada rivojlanib ketadi. Boşqa futbolçilar esa, aksinça, kutilayotgan darajaga çiqa olmaydi. Şuning uçun men bu xato bölgan, degan fikrda emasman, bu işimizning bir qismi, xolos.

Men haqiqatdan ham Salohni tarkibga qöşib olgandim, lekin uni qöyib yubormagan edim, lekin bu heç qanday ahamiyatga ega emas. Muhimi, u fantastik öyinçi. Men hozirda u bilan röy berayotgan barça narsadan juda xursandman, ayniqsa, u gollarni qanday urayotgani odamni quvontiradi. U bizga ikkita öyinda ura olmagan gollarni urmoqda», - deya Mourinoning sözlarini keltiradi ESPN.com.br.