Yodingizda bölsa saytimizda 17 aprel kuni «Oldingdan oqqan suvning qadri yöq: Narpay kanaliga najosat oqizilmoqda» sarlavhasi ostida Kattaqörğon şahridan oqib ötuvçi Narpay kanaliga şahar aholisi va korxonalarining oqova suvlari taşlanayotgani haqida tanqidiy lavha va maqola e'lon qilgan edik.

Uşbu lavha yuzasidan tahririyatimizga Kattaqörğon şahar hokimi M.Hoşimov imzosi bilan javob xati keldi.

Şahar hokimining xatida haqiqatdan ham lavhada körsatilgan kamçiliklar va muammoli holatlar mavjudligi ta'kidlanib, ularni bartaraf etiş yuzasidan şaharda işçi guruh tuzilgani, işçi guruhga muammoni bartaraf etiş uçun şahar hokimligidan zarur mablağlar, texnikalar va işçi kuçi ajratilgani bayon qilingan.

Şahar hokimining tahririyatimizga yöllagan xatida işçi guruh majlisi bayonnomasi va muammoli holatlarni bartaraf etiş yuzasidan boşlangan işlardan fotosuratlar ham ilova qilingan.