Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tabiiy gazning ulgurji narxiga investitsion ustama puli belgilanishi mumkin
O‘zbekistonda «O‘ztransgaz» AJga tegishli avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalaridagi (shu jumladan, balansida gaz to‘ldiruvchi kompressor stansiyalariga ega yuridik shaxslar) tabiiy gazning ulgurji narxiga maxsus investitsion ustama puli belgilanishi mumkin.
Normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida O‘zbekiston prezidentining «O‘zbekneftgaz» AJni 2018—2019 yillarda qo‘shimcha moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, maxsus investitsion ustama miqdori har bir kub metr uchun 650 so‘mni (soliqqa tortilmaydi) tashkil etadi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, «O‘zbekneftgaz» AJ, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi 2018 yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda ushbu maxsus investitsion ustamani yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar bildiradi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026