Şimoliy Koreya yetakçisi boşçiligidagi delegatsiya Janubiy Koreya bilan muzokaralar ötkazgani çegaradagi muzokaralar punkti Pxanmunjomga yetib keldi. 

“Biz bu yerga tinçlik va farovonlik yölida yangi tarix boşlanişi hissi bilan keldik”, deb aytgan Kim Çen In janublik hamkasbi Mun Çje In bilan uçraşuv vaqtida.

Koreyalararo sammit oldidan Kim Çem In harbiy-demarkatsion çiziqni anglatuvçi ramziy beton tösiq ustidan ötib, janublik hamkasbi bilan söraşdi. Söngra ikki yetakçi tösiqning u tomoni – Şimol tomonga ötişgan. Bir daqiqadan keyin ikkilari ham yana janub tomonga ötib, qizil gilam böylab faxriy qorovul yonidan sammit ötadigan “Tinçlik uyi” tomon yöl olişgan.

Foto: Reuters

Janubiy Koreya prezidenti şimollik hamkasbi harbiy-demarkatsion çiziqni kesib ötgandan keyin Pxanmunjomni tinçlik ramzi deb atadi.

“Bizning rais Kim tarixda ilk bor harbiy-demarkatsion çiziqni kesib ötdi va ayni vaqtda Pxanmunjom ajraliş emas, tinçlik ramziga aylandi”, deb aytgan Mun Çje In.

Foto: Reuters

Kim Çen In “Tinçlik uyi”dagi mehmonlar kitobida “Endi yangi tarix, tinçlik davri tarixidagi boşlanğiç nuqtada, Kim Çen In”, degan yozuv qoldirgan.

Ikki yetakçi örtasidagi muzokaralar boşlab yuborildi. Ular kun mobaynida Şimol va Janub munosabatlarini yaxşilaş, tinçlik va birlaşiş istiqbollarini muhokama qilişadi.