Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan muzokaralarning birinçi bosqiçidan söng tuşlikka jönab ketganida, uning avtomobiliga 12 nafar yugurayotgan qöriqçi hamrohlik qildi. Bu haqda Daily Nation xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, koreyalik yetakçilar tuşlikdan söng tinçlik va farovonlik ramzi bölgan qarağay daraxtini ekiş marosimida iştirok etişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Çje In bilan hazillaşib, endi uni raketa sinovlari bilan uyğotib yubormaslikka va'da bergandi. Kim Çen Inning sözlariga köra, raketalarning erta uçirilişi Janubiy Koreya rahbarining uyqusiga xalaqit qilgan. «Endi men sizni erta uyğotmaslikka harakat qilaman», - degan Kim Çen In.













