Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilişiça, AQŞ ittifoqçilar va Şimoliy Koreya bilan Koreya yarim orolidan öz qöşinlarini olib çiqib ketiş masalasini muhokama qilişga tayyor. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Bu ittifoqçilarimiz bilan muzokaralar davomida biz muhokama qiladigan masalalarning bir qismi böladi. Bu narsa, birinçi navbatda, Şimoliy Koreya bilan amalga oşiriladi», - deya aytib ötdi Mettis.
Uning şuningdek ta'kidlaşiça, ayni damda «dastlabki şartlarni taklif qiliş yoki bu qanday yuz berişi böyiça turli taxminlar bildiriş kerak emas».
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR yetakçisi Janubiy Koreya rahbari bilan raketalar mavzusida hazillaşgandi.














