Ozarboyjon poytaxti Bokudagi Trump Tower binosida yonğin yuz berdi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» guvohlarga tayangan holda.
YouTube saytida e'lon qilingan videoyozuvdan köriş mumkinki, bino yuqori qavatlaridan qalin tutun osmonga qarab kötarilmoqda.
Trump Tower Baku binosida 33ta yer usti qavati bölib, uning balandligi 130 metrni taşkil qiladi.
Eslatib ötamiz, 7 aprelda Donald Trampga qaraşli, Manhettendagi Trump Tower binosining 50-qavatidagi kvartiralardan birida yonğin çiqqandi. Oqibatda bir kişi halok bölgan, 4 kişi jarohatlangan.












