7 aprelda Donald Trampga qaraşli, Manxettendagi Trump Tower binosining 50-qavatidagi kvartiralardan birida yonğin çiqdi. Oqibatda bir kişi halok bölgan, 4 kişi jarohatlangan. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, yonğin çiqqan kvartirada yaşagan odam halok bölgan. U şifoxonaga yetkazilgan, biroq uning hayotini saqlab qolişning iloji bölmagan. 

“Biz hozir yonğin nima sababli çiqqanini bilmaymiz”, deb aytgan öt öçiriş xizmati boşliği Deniyel Nigro.

Uning ta'kidlaşiça, yonğin vaqtida Tramp oilasining birorta a'zosi binoda bölmagan. Binoning eng yuqori 58-qavatida Tramp kompaniyasining ofisi joylaşgan. Trampning oilasi Oq uyga köçib ötgunça, şu binoda yaşagan. Şuningdek, 2016 yilda uşbu binoda Tramp saylovoldi kompaniyasi ştabi joylaşgan. 

Tramp tvitter orqali yonğin öçirilganini ma'lum qilgan va öt öçiruvçilarga qilingan iş uçun minnatdorlik bildirgan. 

Yanvarda ham binoda yonğin yuz bergandi. Öşanda 2 kişi jabrlangandi. Yonğinning sababi sifatida şamollatiş tizimidagi elektr liniyasining nosozligi aytilgan.