Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan muxolif Xalq-respublika partiyasini xorijdan moliya olişda ayblab, amerikalik milliarder Jorj Sorosni nazarda tutib, partiyaning “köplab Soroslari” borligini aytgan.
“Biz bu odamlar (Xalq-respublika partiyasi funktsionerlari) kim ekanligini va ularni qaysi manbadan boqişlarini yaxşi bilamiz. Ularda köplab Soroslar bor”, deb aytgan Erdöğan Anqarada hukmron Adolat va rivojlaniş partiyasi hududiy bölimlari rahbarlari oldidagi çiqişida.
Erdöğan, şuningdek, muxolif partiya yetakçisi Kamol Qiliçdaröğluni u özining nomzodini mamlakatdagi navbatdan avvalgi prezident saylovlariga qöyişga şoşilmayotgani uçun tanqid qilgan. “Siz prezident qanday bölişi kerakligi haqida köp gapirasiz. Bu ta'rifga köra eng maqbul odam siz körinasiz, nima uçun nomzod bölib körmaysiz?”, deb aytgan Erdöğan Qiliçdaröğluga işora qilib.
Erdöğan Xalq-respublika partiyasi öz nomzodini prezident saylovlariga qöyişni hattoki istamayotganini va faqatgina unga va hukmron partiyaga adovatini körsatiş bilan ovora ekanini qöşimça qilgan.












