Janubiy Koreya va KXDR munosabatlarni yaxşilaydi. Bu haqda Koreya Respublikasi hamda Şimoliy Koreya yetakçilari sammiti yakunlari böyiça qöşma deklaratsiyada aytilgan.
"Şimol va Janub munosabatlarni töla va keng kölamli yaxşilaş hamda rivojlantirişga erişişga harakat qiladi va şu tariqa bölajak qöşma farovonlik hamda birlaşuvni yaqinlaştiradi", - deya aniqlik kiritiladi hujjatda.

Şuningdek, KXDR va Janubiy Koreya may oyida generallar darajasida harbiy masalalarga yeçim topiş böyiça aloqalarni yölga qöyiş uçun muzokaralar ötkazadi.
"Janub va Şimol ikki tomon örtasidagi harbiy masalalarni batafsil hal etiş uçun harbiy yönaliş böyiça muzokaralarni köproq ötkazişga kelişib oldi. Jumladan, bu mudofaa vazirlari iştirokida röy beradi. May oyi davomida generallar darajasida harbiy muzokaralar möljallanmoqda", - deya ta'kidlangan hujjatda.

Bundan taşqari, KXDR va Janubiy Koreya işonç örnatilgani sari qurollarni bosqiçma-bosqiç qisqartirişga kelişib oldi.
"Janub va Şimol harbiy keskinlik pasayib borgani sayin qurollarni bosqiçma-bosqiç qisqartirişga kelişib oldi. Bu harbiy sohada özaro işonç örnatilişi uçun kerak", - deyilgan hujjatda.

Şuningdek, yangiliklardan biri – KXDR va Janubiy Koreya bir biriga qarşi duşmanlik kayfiyatidagi harakatlarni töxtatadi. Ular quruqlikda, dengiz va havoda özaro töqnaşuvga sabab bölişi mumkin.
"Janub va Şimol Koreya yarim orolda harbiy keskinlikni pasaytiriş uçun qöşma sa'y-harakatlarni amalga oşiradi. Bu uruş tahdidini yöqotiş uçun kerak", - deyiladi hujjatda.














