AQŞ prezidenti Donald Tramp va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Möğulistonda uçraşuv ötkazişi mumkin. Bu haqda «Izvestiya» öz manbalariga asosan yozmoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, uçraşuv Möğulistonning ham AQŞ, ham Şimoliy Koreya bilan döstona munosabatlari tufayli Ulan-Batorda bölib ötişi mumkin.
Şu bilan birga, har ikki tomon bilan munosabatlarni bir xilda uşlab turgan yana bir davlat Singapur sanaladi. Uşbu mamlakat ham ikki yetakçi uçraşuv ötkazişi mumkin bölgan ehtimoliy joylar «şort list»iga kiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaga taşrif vaqtida Kim Çen In avtomobiliga 12 nafar yugurayotgan qöriqçi hamrohlik qilgani xabar berilgandi.













