Astronomlar 17 may kuni Yerda beş ballik şkala böyiça ikkinçi darajadagi magnit böroni yuz berişini taxmin qilişmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Agentlik ma'lumotiga köra, may oyidagi nisbatan sokin geomagnit holati fonida böron G2 darajasida kutilyapti, Yer magnitosferasi esa 7, 8 va 18 may kunlari biroz yomon vaziyatda böladi.

Ta'kidlanişiça, ikkinçi darajadagi magnit böronlari energetik tizimlarda kuçsiz fluktuatsiyalarga olib keladi, şuningdek kosmik apparatlarni boşqariş tizimlariga biroz ta'sir körsatadi. Şu bilan birga, qutb yoğdulari 60 daraja va undan yuqori baland kengliklarda kuzatilişi mumkin.

Avvalroq, olimlar 2018 yilda Yerda 35taga qadar magnit böroni yuz berişini taxmin qilişgani haqida xabarlar tarqalgandi.