Rossiyadagi internet-ombudsmen Dmitriy Mariniçevning ma'lum qilişiça, Roskomnadzor va Telegram messenjeri qarama qarşiligi abadiy davom etadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.

«Bu abadiy davom etişi mumkin, sababi Telegram – bu sayt emas, balki ilova. Uni IP-manzillarni bloklaş orqali tösib qöyiş imkonsiz, hamda uruş abadiy davom etadi. Bu Telegram mijozlar qismi oçiq kod ekani, uni tahlil qiliş va u qanday işlayotganini tuşuniş hisobga olingan holda ham röy beradi», - dedi Mariniçev.

Uning şuningdek ta'kidlaşiça, Telegram öz yangilanişlari tufayli bloklaşni çetlab ötiş imkoniyati ega, qonunga rioya qiluvçi servislar esa qora röyxatga bundan keyin ham tuşişda davom etadi.

«Qonunga rioya qiluvçi servislarning bu blokka tuşib qolişi bilan boğliq barça vaziyat huquqiy nigilizmdagi pozitsiyani mustahkamlaş, VPN/proxy örnatilişiga majbur qilmoqda», - dedi internet-ombudsmen.

Mariniçevning qayd etişiça, qonunga zid kontent işlab çiqaruvçilarni bloklaş töğri yondaşuv bölardi. Bunda uşbu kontentni olişda yordam beruvçi servis çetda turişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Roskomnadzor «VKontakte», «Yandeks», Twitter va Facebook IP-manzillarini bloklab qöygandi.