Norvegiyalik yozuvçi Erika Fatland Rossiya bilan çegaradoş bölgan 14ta davlatga bordi. U buni «Çegara» kitobini yoziş maqsadida qildi, deb xabar bermoqda Berlingske naşri.

Fatland Şimoliy Koreyadan Norvegiyaga yöl olgan, uning sayohati 259 kun davom etdi. U bu vaqt davomida sobiq SSSR respublikalari hamon Rossiya ta'siri ostida yaşayotgani va mamlakat ularni qaytarişga harakat qilayotgani haqidagi xulosaga kelgan. «Rossiya avval özining bir qismi bölgan tumanlarni har doim qaytarişga harakat qiladi. Rossiya Qozoğiston va Belarus kabi davlatlarni öziniki deb hisoblaydi», - deya yozadi u öz kitobida.

Foto: Getty Images

Yozuvçining sözlariga köra, Rossiya va uning qöşnilari örtasidagi munosabatlar – katta akaning kiçik ukalar bilan munosabati, bu Norvegiyaga ham tegişli. Erikaning işonç bildirişiça, Rossiya bu davlatlar hisobidan öz hududini yanada kengaytirişga harakat qiladi va yakunda barbod böladi.

«Mening fikrimça, Rossiya barbod bölmagunga qadar kengayib boradi. Muddatlar haqida gapiriş muşkul, biroq 100 yildan söng çegaralar hozirgidek körinişda bölmaydi. Rossiya çegarasi qisqaradi», - degan Fartland.