17:33 / 28.04.2018
5959

Samarqandning «Dinamo» klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Samarqandning «Dinamo» klubi rahbariyati, viloyat futbol assotsiatsiyasi, klub murabbiylari va futbolchilar ishtirokida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi, deb xabar beradi Championat.asia.

Unda «Dinamo» jamoasining mavsumni qoniqarli natijalar bilan boshlay olmagani ta'kidlandi. Shu bois klub murabbiylar shtabida o‘zgarish qilindi. O‘z vaqtida «Dinamo» jamoasida to‘p surgan sobiq futbolchi, o‘tgan mavsum Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubida faoliyat yuritgan Davron Fayziyev «Dinamo» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Mutaxassis bilan bir yillik shartnoma imzolandi. Murabbiy oldiga jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Klubda Ilhom Sharipov bosh menejyer sifatida faoliyat yuritsa, Uchqun Qobilov va Rafael Balasanyan bosh murabbiyga yordam berishadi.

Davron Fayziyev bugun «Dinamo» - «Xorazm» uchrashuvida jamoani boshlab tushadi.

Mavzuga oid
Top