Amerikalik respublikaçi senator Lindsi Grem Koreya yarimorolidagi vaziyatni tartibga solişga muvaffaq bölinsa, unda AQŞ prezidenti Donald Trampga tinçlik böyiça Nobel mukofoti beriş kerak, deb hisoblamoqda.

“Donald Tramp Şimoliy Koreya, Xitoyni u özgarişlar borasida jiddiy ekanligiga köndira oldi. Biz hozirça belgilangan maqsadga erişa olmadik, biroq bu yuz bersa, unda prezident Tramp tinçlik böyiça Nobel mukofoti olişga loyiq”, deb aytgan senator.

Gremning aytişiça, Tramp Pxenyanga yoki “normal davlat” bölişi zarurligini, yoki “AQŞ hududiga yetib boriş” maqsadida raketalar qurişni davom ettirişi oqibatlarini his qilişiga töğri kelişini namoyiş qila olgan. 

“Bu Trampsiz yuz bermasdi”, deb aytgan senator.

27 aprelda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In harbiy-demarkatsion çiziqning Janubiy Koreya javobgarligidagi qismiga ötgan ilk şimoliy koreyalik yetakçi böldi. Şimoliy Koreya yetakçisi u yerda Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In bilan uçraşdi.

Ularning uçraşuvi natijalariga köra, Pxenyan va Seul Koreya yarimorolining töliq yadroviy qurolsizlantirilişiga erişiş istagida ekanligi bildirilgan qöşma deklaratsiya qabul qilindi.