Jahon | 13:02 / 28.04.2018
11418
2 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari 9 may munosabati bilan 57 dollardan oladi

Foto: catoday.org

Turkmanistonda Ikkinchi jahon urushi faxriylari va urushda halok bo‘lgan askarlarning bevalari 9 mayga 200 manat (davlat kursi bo‘yicha 57 AQSh dollari)dan bir martalik to‘lov va qimmatbaho sovg‘alarni oladi. Tegishli farmon Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan hukumat majlisida imzolandi, deya xabar beradi ushbu davlat rahbari matbuot xizmati.

Foto: catoday.org

Hujjat bilan Turkmaniston prezidenti topshirig‘iga binoan viloyat, shahar va tumanlar ma'muriyati, shuningdek, Turkmaniston oqsoqollar kengashiga 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi munosabati bilan turkmanistonlik urush faxriylari va urushda o‘ldirilgan askarlarning bevalariga 200 manatdan bir martalik to‘lov va qimmatbaho sovg‘alarni tantanali tarzda topshirish vazifasi yuklandi.

Bu yil Turkmanistonda 9 may ilk marotaba dam olish kuni taqdim etilmagan holda nishonlanadi. O‘tgan yilning oktabr oyida prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonda dam olish kuni taqdim etilmasdan nishonlanadigan bayram va xotira kunlari haqidagi farmonga imzo chekkandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid