KXDR yetakçisi Kim Çen In koreyalararo sammitda Pxungeri yadroviy poligoni may oyida yopilişi, uni yöq qiliş jarayoni omma oldida amalga oşirilişiga va'da berdi. Bu haqida Seul şahrida bölib ötgan brifingda Janubiy Koreya prezidenti matbuot kotibi Yun Yon Çanning sözlariga asoslanib, Yonhap agentligi xabar berdi.
Kim Çen In jurnalistlar va xavfsizlik sohasi ekspertlarini KXDRga taklif qilişi, ular poligon yopilişini kuzatişlari mumkinligini aytdi. U Şimoliy Koreya poligonlaridagi obektlar yaroqsiz holatga kelgani uçun yöq qilinişiga doir taxminlarni rad etdi.
Janubiy Koreya prezidenti vakilining sözlariga köra, Şimoliy Koreya yetakçisi AQŞ bilan tinçlik şartnomasi imzolangan taqdirda, KXDRning yadroviy qurolga ehtiyoji qolmasligini aytgan.
"Odamlar mening Janubiy Koreya, Tinç okeani yoki AQŞ tomon yadroviy qurolni işga soladigan odam emasligimga guvoh bölişadi", - degan Kim Çen In.
"Amerikaliklar bilan işonçli munosabatlarni yölga qöymoqçi ekanmiz va ular ham bizga uruşni tugatişni va'da qilayotgan ekan, yadroviy qurolga ne hojat?", - qöşimça qilgan u.
KXDR yetakçisi Pxenyan 1950-1953 yillardagi Koreya uruşi ayançli tarixi takrorlanmasligi tarafdori ekanini ta'kidlagan.














