Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In janubiy koreyalik hamkasbi Mun Çje In bilan uçraşuvda AQŞ bilan uruş rasman yakunlansa, unda yadroviy qurolga ega bölişga hojat bölmasligini aytgan.
“Agar bizning AQŞ bilan uçraşuvlar tez-tez bölib tursa va kelgusida işonç hosil bölsa hamda daxlsizlik va uruş yakunlangani haqidagi kelişuvga erişilsa, yadroviy qurolga ega böliş va qiyin şaroitlarda yaşaşning nima keragi bor?”, deb aytgan Kim Çen In.
Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati vakili Yun Yon Çxanning aytişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi “AQŞga hamişa qarşi çiqqan bölsa-da, odamlar u AQŞ, Janubiy Koreya yoki Tinç okeani mintaqasidagi boşqa davlatlarga yadroviy bomba taşlaydigan odam emasligini bilişadi”.
Bundan taşqari, Kim Çen In kelajakda Koreya yarimorolida qon tökilişi takrorlanişiga yöl qöymaslikka çaqirgan va kuç işlatmaslikka va'da bergan.














