Tayvanning Taoyuan şahridagi mikrosxemalar işlab çiqariş böyiça korxonada yuz bergan yonğin oqibatida beş nafar öt öçiruvçi va ikki işçi halok böldi. Bu haqda Focus Taiwan telekanali tezkor xizmatlarga asosan xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga köra, olovni öçiriş vaqtida yetti kişidan iborat öt öçiruvçilar guruhi asosiy jamoa bilan aloqani yöqotib qöydi – ular bino konstruksiyalari qulagani tufayli tösilib qolgan. Keyinçalik ulardan beş nafari ölik holda topildi, yana ikki kişi şifoxonaga oğir ahvolda olib ketildi.
Şuningdek xabar berilişiça, yonğinda Tailanddan bölgan ikki işçi ham halok bölgan. Ayni damda ularning şaxsi aniqlanmadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoydagi karaoke-klubda yonğin yuz bergani, 18 kişi halok bölgani xabar qilingandi.












