Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi hamda Moliya vazirligining 2016 yil 23 avgustdagi 2821-sonli qaroriga asosan qabul qilingan Maktabgaça ta'lim muassasalari va maktab-internatlaridagi bolalar ta'minotiga haq tölaş tartibi töğrisidagi Nizomga köra maktabgaça ta'lim muassasasi uçun tölov tölaşda fuqarolarning ba'zi toifalariga imtiyozlar beriladi. Bu haqda Maktabgaça ta'lim vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Maktabgaça ta'lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta'minotiga haq tölaş tartibi töğrisidagi nizomga asosan maktabgaça ta'lim muassasalaridagi bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta'minlangan oilalar farzandlari tölovdan ozod qilinadi.
Bunda birinçi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi bölgan kam ta'minlangan oila farzandlariga, şuningdek örtaça oylik jami daromadi eng past darajada bölgan kam ta'minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
Tölovdan ozod qilinadigan kam ta'minlangan oila farzandlari röyxati mahalla tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli töğrisida ma'lumotnomaga va tegişli maktabgaça ta'lim muassasasi ota-onalar qömitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va şakllantiriladi.
Tölovdan ozod qilinadigan kam ta'minlangan oila farzandlari röyxati har öquv yilining 25 sentabr kuniga qadar tegişli maktabgaça ta'lim muassasasi rahbarining buyruği bilan tasdiqlanadi.
Röyxatiga kirmay qolgan, şuningdek yil davomida aniqlangan kam ta'minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira şakllantiriladi.
Tölovdan ozod qilingan bolalarning maktabgaça ta'lim muassasasiga qatnaşi (bölişi) töxtatilişi natijasida böşab qolgan örinlar zaxiradan töldirib boriladi.
Tölovdan ozod qilinadigan kam ta'minlangan oila farzandlari röyxati u tasdiqlangandan keyin öquv yil davomida qayta körib çiqilişi mumkin.
Bundan taşqari, bolalarning jismoniy yoki aqliy rivojlanişidagi quyidagi nuqsonlarida maktabgaça ta'lim muassasalarida bolalar ta'minoti uçun ota-onalar tölovi undirilmaydi:
nutqidagi oğir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlaniş, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanişda orqada qoliş);
eşitişdagi oğir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
körişdagi oğir nuqsonlar (közi ojizlar, bir közi soqqasi yöqligi (anoftalm), ambliopiya va ğilay bölgan zaif köradiganlar);












