Boliviyaning sobiq prezidenti, 1980-1981 yillarda mamlakatda harbiy diktatura örnatgan Luis Garsia Mesa 29 aprelda La-Pasdagi gospitalda 88 yoşida vafot etdi. Bu haqda Telesur telekanali xabar berdi.  

Garsia Mesa gospitalga 28 aprelda yetkazilgan va ahvoli öta oğir deb baholangan. Şifokorlarning aytişiça, u 29 aprelga ötar keçasi 4-yurak xurujini ötkazgaç, şifokorlar uni hayotga qaytara olişmagan. 

Garsia Mesa 1980 yil iyulda davlat töntaruvi oqibatida hokimiyat tepasiga kelgan va mamlakatda harbiy diktatura örnatgan. Uning boşqaruvi vaqtida söl kuçlar vakillari ta'qiblar va zöravonliklarga uçragan. Garsia Mesa hokimiyat tepasida 13 oygina ötirgan va qurolli kuçlar içidagi nizo sababli va tuzum giyohvand moddalar sotişda ayblanişidan keyin öz lavozimidan ketib, mamlakatni tark etgan.  

1980-yillar oxirida Boliviya sudi Garsia Mesani sirtdan 30 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgan. 1995 yil martda Braziliya hukumati Garsia Mesani uşlab, uni Boliviyaga topşirgan. Sobiq diktator oxirgi 7 yilni gospitalda ötkazgan. Ikki yil avval unga muddatdan avval ozodlikka çiqiş rad etilgan.