Yevropadagi navbatdagi mavsum ham yaqinda tugaydi. Emeri «PSJ» bilan, Venger esa, «Arsenal» bilan xayrlaşmoqda. Konte ham katta ehtimol bilan «Çelsi»ni tark etadi. Göyoki, juda köp böş top murabbiylar mavjud bölsa-da, bu klublarning direktorlari asosan bir nomzod ustida köproq töxtalişmoqda – Luis Enrike.
Har hafta turli saytlar ispaniyalik murabbiyning yo u yoki bu top-klub bilan boğlab xabarlar çop etmoqda. Luçoning özi esa, hozirça faqat «Arsenal» bilan jidddiy muloqotga kirişgan. U yerda faqat katta maoş evaziga işlaş mumkinligini his qilgan Enrike avvaliga xudi Venger kabi, yiliga 9 million yevro talab qildi, keyin esa, yozgi transferlar uçun 260 million ajratişlarini söradi. Enrikeni tuşunsa böladi, u qaysidir ma'noda tender ötkazmoqda va öziga yoqqan va qiziqarli tuyulgan loyihaga rozilik bildiradi.
Eng qiziği, haligaça heç kim Enrikening aynan qanday murabbiy ekanini aniq aytib berolmaydigandek tuyuladi. Qisqa muddatda yutiş mumkin bölgan barça sovrinlarni yutgan Luis Enrike taktik-novatormi, top motivatormi yoki ajoyib seleksionermi, baholaş qiyindek. Hatto «PSJ» bilan öyindagi ajoyib kambek ham uning qopiga tuşmadi, hammasini Messi va Neymar birgalikda hal qilişdi, deydiganlar köp. FIFA tomonidan 2015 yilda taqdim etilgan «Eng yaxşi murabbiy» sovrini ham köproq «Barselona» bilan qölga kiritilgan yutuqlarga boğlanadi, qandaydir taktik yangiliklar yoki uslubga emas.
Nazariy tomondan, Luis xuddi Yurgen Klopp kabi rok-qahramon ham bölişi mumkin edi – u ham köp kuladi, qorni yöq, «modniy» kiyinadi va çiroyli qarimoqda. Faqat öziga xos matbuot anjumanlari kamlik qiladi, aynan Yurgenni zör odamga aylantirgan yana bir jihat yetişmaydi. Lekin Enrike ataylab özini jiddiy tutişga harakat qiladi, uning ustunligi boşqa tomonda ekanini biladi.
Luço – futbolni juda yaxşi tuşunadigan, klub va futbolçlilar bilan qanday munosabat örnatiş lozimligini his qila oladigan oddiy yigit. Mohiyatan, Zidanga qiyoslaş mumkin, faqat futbolçilik davridagi farq tufayli, Zidan biroz kattaroq şaxs körinadi. Boşqa tomondan juda yaqin. Şu jihatdan rahbariyat uçun Enrike qulay – Blan kabi yuvoş ham emas, Belsa kabi tentaklikdan ham uzoq. Zaxiradagilar töpolon qilişmaydi, yetakçilar nolişmaydi, qolganlar jimgina ergaşişadi.
«Heç kim heç kimga halaqit bermasin, hamma öz işini qilsin» tamoyili 2015 yilda «Barselona»ni treblga olib kelgan, keyin esa, hammasi buzilib ketdi. 2016/17 mavsum şuni körsatdiki, har qanday ğoya vaqti vaqti bilan yangilanib turişi, futbolçilarga yangiliklar bilan motivatsiya berib turiş kerak ekan. Luis Enrike bu tomondan u qadar kuçli emas, u köproq birinçi mavsumda, hamma öziga yaraşa kötarinki ruhda böladi, alohida impuls şart emas, yangilanişning özi futbolçilarni ğalabalarga yetaklay oladi.












