Foto: Twitter/@MercedesAMGF1

“Mersedes” jamoasining britaniyalik poygaçisi, amaldagi çempion Lyuis Xemilton “Formula-1”ning Ozarboyjon Gran-prisi ğolibi böldi.

Marraga ikkinçi bölib “Ferrari” a'zosi Kimi Raykkonen, uçinçi bölib “Fors Indii” poygaçisi, meksikalik Serxio Peres yetib keldi.

Poyganing umumiy jadvalida 4 ta poygadan keyin Xemilton 70 oçko bilan 1-öringa kötarilib oldi, uning ortidan “Ferrari” a'zosi Sebastyan Fettel (66 oçko) kelmoqda.  3-örinni Raykkonen (48 oçko) egallamoqda.

Poyganing keyingi bosqiçi 11-13 may kunlari Ispaniyada bölib ötadi.

Foto: @SkySportsNews