Janubiy Koreya 1 may kunidan qurolsizlaştirilgan hududda örnatilgan va asosan Şimoliy Koreyaga qarşi “psixologik uruş” olib boriş uçun qöllangan radiokarnaylarni olib taşlaydi. Bu haqda 30 aprelda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Radiokarnaylarni olib taşlaş haqidagi kelişuvga 27 aprelda Şimol va Janub örtasida ötgan sammitda erişilgan.
“Qurolli kuçlarimiz Pxanmunjom deklaratsiyasida közda tutilgan çoralar doirasida birinçi çora sifatida 1 maydan harbiy-demarkatsion çiziqda örnatilgan radiokarnaylar batareyasini olib taşlaşni boşlaydi”, deb aytilgan Janubiy Koreya mudofaa vazirligi xabarida.
Biroq mudofaa vazirligining rasmiy saytida bu haqda heç qanday ma'lumot joylaştirilmagan.
Seul radiokarnaylardan iborat 34 ta batareya yordamida 2016 yilda ikki davlat örtasidagi harbiy-demarkatsion çiziq böylab taxminan 10ta nuqtadan Pxenyanga qarşi taşviqot olib borgan. Öz navbatida, Pxenyan bunga javoban Janubiy Koreya taşviqoti ovozini öçiriş uçun öz radiokarnaylarini yoqqan. Şimoldan ham taşviqot 10ta nuqtadan olib borilgan.














